Qozogʻistonda odam savdosi qurboniga aylangan oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
Qozogʻistonning Olmaota shahrida odam savdosi qurboniga aylangan ayol Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, S.D. Qozogʻiston hududida ogʻir sharoitda qolgan va odam savdosidan aziyat chekkani uchun Oʻzbekistonga qaytarishlarida yordam soʻrab ariza bilan murojaat qilgan.
Oʻzbekiston diplomatlari va Qozogʻiston huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jabrlanuvchi nopok kimsalar qoʻlidan ozod qilindi va vaqtincha boshpana bilan taʼminlandi.
S.D. yurtimizda 30-iyuldan 30-avgustgacha oʻtkazilayotgan “Vatanga qaytarish” insonparvarlik tadbirlari doirasida 11-avgust kuni Olmaota–Toshkent yoʻnalishidagi reys bilan Oʻzbekistonga yetib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring