Qozogʻistonda ham “Chevrolet Onix” avtomobillari ishlab chiqariladi
Foto: Arxiv surat
Kecha Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozogʻistonning Kostanay viloyatida “Chevrolet” avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihaga start bergan edi.
Maʼlum boʻlishicha, yiliga 30 000 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan “Allur” avtomobil zavodida “Chevrolet Onix” avtomobillari ishlab chiqariladi.
Eslatib oʻtamiz, shu yil 1-noyabrdan boshlab “UzAuto Motors” kompaniyasi Oʻzbekistonda “Chevrolet Onix” avtomobili uchun shartnoma berishni boshlagan edi. Mazkur avtomobil uchun shu kunning oʻzidayoq 28 000 dan ortiq shartnoma imzolanib, kompaniyaning bir kunlik savdolar tarixida rekord oʻrnatgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring