Qozogʻiston olti oyga tuxum importidan voz kechmoqchi
Qozogʻiston boshqa davlatlardan, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi(YOII)dan tuxum olib kirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Hujjat loyihasi respublika meʼyoriy-huquqiy hujjatlar portalida eʼlon qilindi.
Hujjat muallifi Qishloq xoʻjaligi vazirligi boʻlib, uning muhokamasi 20-martgacha davom etadi. Bunda importga taqiq olti oyga – joriy yilning aprelidan sentyabrigacha amal qiladi.
“Tuxum importiga taqiq joriy etilishi Qozogʻistonda tuxumchilik sohasining rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, shaffof narx zanjirini shakllantirish imkonini beradi”, deyiladi Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabarida.
Taʼkidlash joiz, YOII tarkibiga Belarus, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston davlatlari kiradi. Oʻzbekiston, Eron, Kuba va Moldova tashkilotning kuzatuvchisi maqomiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring