Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun olti nafar nomzodga ruxsat berdi
Illyustrativ foto
Qozogʻistonda 2022-yilning 21-oktyabr kuni soat 18:00da mamlakat prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish yakunlandi.
Bu vaqtga kelib Markaziy saylov komissiyasi olti nafar prezidentlikka nomzodni roʻyxatga oldi:
Qosim-Jomart Toqayev — amaldagi davlat rahbari.
Nurlan Auesbayev — muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiya (MSDP) vakili.
Meyram Kajiken — “Amanat” kasaba uyushmalari respublika assotsiatsiyasi tomonidan koʻrsatilgan nomzod.
Jiguli Dayraboyev — “Auыl” Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan nomzod.
Karakat Abden — “Professional ijtimoiy ishchilar milliy alyansi” Respublika jamoat birlashmasidan nomzod.
Saltanat Tursinbekova — “Qazaq analarы – dәstүrge jol” respublika jamoat birlashmasidan nomzod.
Shuningdek, quyidagi nomzodlarga prezidentlikka nomzodlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob bermagani sababli Markaziy saylov komissiyasi saylovda qatnashishga ruxsat bermadi:
Xayrulla Gabjalilov — “Asar” ogʻzaki ijodkorlar jamoat birlashmasi tomonidan koʻrsatilgan nomzod.
Talgat Yergaliyev — Qozogʻiston quruvchilar uyushmasidan nomzod.
Fotima Bizakova — Respublika “Amaliy psixologiya” jamoat birlashmasidan nomzod.
Baxit Janabayev — “Qozogʻiston futbol muxlislari ligasi” jamoat birlashmasidan nomzod.
Nurjan Altayev — “Muqalmas” respublika jamoat birlashmasidan nomzod.
Jumatay Aliyev — “Xalq demografiyasi” nodavlat tashkiloti tomonidan koʻrsatilgan.
“Qozogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan, 20-noyabrga belgilangan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, prezidentlikka nomzodlarni roʻyxatga olish 21-oktyabr soat 18:00da yakunlandi”, deydi Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring