Qoʻshkoʻpirda ilk buyrak transplantatsiyasi: Singil akasiga donorlik qildi
Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir tumanida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari boshchiligida ilk bor buyrak transplantatsiyasi amaliyoti oʻtkazildi.
Bemor Zafar Xaitboyev — 42 yoshda. Tumanning Oʻrtayop qishlogʻidan. Unga surunkali glomerulonefritning aralash turi, surunkali buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi tashxisi qoʻyilgan. Oʻtgan yildan beri gemodializ muolajalarini oladi.
Z. Xaitboyev ming kilometr olisdan poytaxtga kelib, hatto uzoq navbat kutib, murakkab operatsiya orqali sogʻayishni niyat qilgandi. Ammo bunga hojat qolmadi. Toshkentdagi Xirurgiya markazi mohir jarrohlarining oʻzi Qoʻshkoʻpirga kelib, transplantatsiya amaliyotini oʻtkazishdi.
Bemorga singlisi bir buyragini berdi. Yuqori texnologik muolaja muvaffaqiyatli oʻtdi. Hozir Zafarning ham, donorning ham ahvoli yaxshi, shifokorlar nazorati ostida salomatligi tiklanmoqda.
Umuman, oʻtgan bir yilda Xorazmda tibbiyotning buyrak transplantatsiyasi yoʻnalishi ommalashmoqda. Shu kungacha viloyatda 16 ta buyrak transplantatsiyasi oʻtkazilgani buning tasdigʻi.
Shuningdek, 2022-yili Xonqa tumanilik 47 yashar Bibijon Xudoyberganovada bir yoʻla ikki noyob amaliyot — laparoskoprik xoletsistektomiya (oʻt qopini olib tashlash) va buyrak koʻchirib oʻtkazish operatsiyalari bajarilgani hudud miqyosida yangilik boʻlgandi.
Qolaversa, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining 5 nafar mutaxassisi ayni shu soha boʻyicha Hindiston mamlakatida malaka oshirib qaytdi.
Yana bir eʼtiborli jihati, shu paytgacha hududdagi barcha buyrak transplantatsiya muolajalari davlat mablagʻlari hisobidan oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring