Qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh qilindi

09:29 28 Oktyabr 2025 Jamiyat
132 0

Qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, muqaddam soliq idoralarida faoliyat yuritgan, hozirda Toshkent shahridagi transport va logistika xizmatlari koʻrsatuvchi MCHJda hisobchi boʻlib ishlayotgan shaxs oʻzining sobiq hamkasblari imkoniyatlari orqali, boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MCHJga 17 milliard soʻmlik qoʻshilgan qiymat soligʻining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning toʻxtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ushbu shaxs MCHJ taʼsischisidan 20 ming 500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida u oʻzining qoʻshtirnoq ichidagi xolis yordamini Soliq qoʻmitasining katta inspektori orqali hal qilishi kerakligi aniqlanib, mazkur davlat xizmatchisi ham jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?