Qoraqalpoq davlat universitetida “turizm laboratoriyasi” ochildi

Foto: Xalq so'zi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) va Qoraqalpoq davlat universiteti bilan birgalikda “Turizm laboratoriyasi” ochildi.
Uning tantanali ochilish marosimida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri R.Zarikeyev hamda mazkur universitet rektori A.Reymov so‘zga chiqib, turizm yo‘nalishida ta’lim olayotgan talaba yoshlarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda yanada mustahkamlash maqsadida tashkil qilinayotgan “Turizm laboratoriyasi” ochilishi bilan tabrikladi.
Mehmonlar ishtirokida ramziy lenta kesilib, laboratoriya tantanali ravishda ochildi.
- “Turizm laboratoriyasi” mehmonlarni qabul qilish, mehmonxona faoliyati, umumiy ovqatlanish va boshqa shu kabi sayyohlik yo‘nalishidagi amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan, - deydi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov. - Mazkur laboratoriya sohada ta’lim sifatini yanada jadallashtirish, bitiruvchi kadrlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Shu bilan birga turizm sohasidagi xususiy sektor vakillari ham universitet bilan hamkorlikda ishlashishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz.
Mehmonlar ishtirokida bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish barobarida davra suhbati ham tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘istondagi milliy urf-odatlar, hududdagi qadimiy yodgorliklar va sayyohlik salohiyati, universitetda turizim sohasi bo‘yicha tayyorlanadigan kadrlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga suhbat davomida ushbu loyiha tashabbuskorlariga universitet va talabalar nomidan minnatdorlik bildirildi.
Ma’lumot uchun: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Turizm sohasi bo‘yicha 2018-2019 o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishi ochilgan bo‘lsa, joriy o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisligi ham tashkil qilindi. Hozirgi kunda shu yo‘nalishda 184 nafar talabalar tahsil olmoqda.
Gʻ.Otajonov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring