Qoraqalpogʻistonning har bir shahri va tumanida Ichki yoʻllarni taʼmirlash uchastkalari tashkil etiladi

13:27 26 Avgust 2022 Siyosat
527 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qoraqalpogʻistonda infratuzilmani rivojlantirishdagi muammolardan kelib chiqib, Prezident mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga:

— «Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yoʻlining Toʻrtkoʻl, Beruniy va Ellikqalʼa tumanlaridan oʻtgan qismini rekonstruksiya qilishga 160 million dollar jalb etish;

— taʼmirtalab boʻlgan 1 ming 500 kilometr suv tarmoqlari, 150 dan ziyod quduq, nasos va suv stansiyalarini taʼmirlash;

— Nukus shahri, Taxiatosh va Xoʻjayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlarini qurish;

— 128 ta transformator, 7,5 mingta simyogʻoch ustunlarini almashtirish;

— Qoraqalpogʻistonning har bir shahri va tumanida Ichki yoʻllarni taʼmirlash uchastkalari tashkil etish, ularga yetarli shtat, zarur mablagʻ va texnikalar ajratish;

— ikki oy muddatda Qoraqalpogʻistonda xalqaro va ichki avtomobil yoʻllarini rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqishga topshiriq berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?