Qoraqalpogʻistonlik voleybolchi qizlar - mutlaq chempion
Foto: Xalq so‘zi
Xabaringiz bor, shu yilning 8-10-dekabr kunlari Toshkent shahrida voleybol boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasida V Oʻzbekiston superkubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqaning yakuniy bosqichida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Mazkur oʻyinda Nukus DPI voleybolchi qizlari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Hisob – 3:0.
Shunday qilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasining voleybolchi qizlari Oʻzbekiston superkubogi gʻolibi hamda mutlaq chempioni boʻldi.
Musobaqa yakunida Nukus DPI jamoasi aʼzolaridan N.Reyimbayeva “Eng kuchli oʻyinchi”, A.Joldasbayeva “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib deya eʼtirof etildi.
Tajribali murabbiylar - Azat Kazakov va Atabek Kazakovdan mahorat sirlarini oʻrgangan jamoaning bunday betakror, shiddatli oʻyini sport ixlosmandlarida oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 24-31-may kunlari Jizzax viloyatida voleybol boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati musobaqalarida ham qoraqalpogʻistonlik qizlar barcha raqiblardan ustunlikka erishib, chempionlikni qoʻlga kiritgan edi.
Gʻ. OTAJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring