Qoraqalpogʻistonda yoshlar festivaliga start berildi

18:56 11 Iyun 2024 Jamiyat
209 0

Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Qoraqalpogʻistonda yoshlar festivaliga start berildi. Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyi oldidagi maydonda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar sayli va gala-konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, festival ochilishi munosabati bilan yurtimiz yoshlarini tabrikladi. Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan koʻrik-tanlovlarning faol ishtirokchilari taqdirlandi.

— Qoraqalpogʻistonlik yoshlar Davlatimiz rahbarining eʼtibori va gʻamxoʻrligini hamisha his etadi, — deydi Oʻzbekiston bolalari tashkiloti Qoraqalpogʻiston bosh sardori Gulbahor Yusupbekova. — Bugungi tadbirda faol yoshlar qatorida men ham taqdirlandim. Bolalar va yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazishga qoʻshgan kamtarona xizmatlarim yuqori baholanib, eʼtirof etilganidan xursandman.

Tantanali taqdirlash marosimidan soʻng Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston estrada xonandalari ishtirokida gala konsert boʻlib oʻtdi. “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar tumanlarda ham oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?