Qoraqalpogʻistonda “Orol turizmi” haftaligi boʻlib oʻtadi

14:20 12 Aprel 2024 Jamiyat
1009 0

Shu yilning 16-19-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri va Moʻynoq tumanida “Orol turizmi” haftaligi oʻtkaziladi.

Turizm qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, haftalik doirasida “Orolboʻyi ezgu niyat elchilari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, “Orol rassomlar nigohida” ijodiy koʻrgazmasi va pleneri hamda “Aral Dea Eco Race” poygasi boʻlib oʻtadi. Shuningdek, yosh havaskor va professional rassomlarning Orol haqidagi rasmlari namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarini “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomik festivali hamda tarixiy obidalarga unutilmas sayohatlar kutmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?