Qoraqalpogʻistonda “Nexia” mototsikl va yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi

1-noyabr kuni Qoraqalpogʻistonning Amudaryo viloyatida “Nexia” mototsikli va yuk mashinasi toʻqnashib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, YTH viloyat hududidan oʻtuvchi Qipchoq-Mangʻit-Turkmaniston avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Unda 1968-yilda tugʻilgan “Lifan” yuk mashinasi haydovchisi mototsiklning keskin burilishi oqibatida 1956-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Nexia” bilan toʻqnashib ketgan. Shunda “Nexia” qarshi yoʻlakka chiqib ketib, 1963-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Isuzu” yuk mashinasiga borib urilgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Nexia”ning 61 yoshli yoʻlovchisi ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok boʻlgan. Uning 4 yoshli nabirasi esashifoxonada vafot etgan. Nexia haydovchisi va uning ikki yoʻlovchisi ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring