Qoraqalpogʻistonda mobil sugʻorish tizimi ommalashmoqda
Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi va Global yashil oʻsish instituti (Janubiy Koreya) oʻrtasida hamkorlik qilish boʻyicha memorandum imzolangan edi. Memorandumda Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida texnik jihatdan yordam berish rejalashtirilgan.
Hamkorlik ishlari doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan moliyalashtirilgan hamda Global yashil oʻsish instituti (GGGI) tomonidan “Orol dengizi fojiasi oqibatlarini yumshatish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasini yashil reabilitatsiya qilish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida qiymati 850 ming dollardan ortiq mablagʻ asosida texnologiyalar Qoraqalpogʻistonga olib kelinishi va amaliyotga joriy etilishi belgilangan.

Yaqinda Chimboy tumanidagi “Жүзбасы” fermer xoʻjaligiga CASSELLA kompaniyasi tomonidan qiymati 70 ming dollarlik Italiyada ishlab chiqarilgan shlang barabanli mashinalar yetkazib berildi.
— Ushbu texnologiyaga qiziqish bildirayotgan fermerlar safi kengaymoqda, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bosh mutaxassisi A.Qidirbayev. — Suvni purkab yaʼni, yomgʻirlatib sugʻoradigan texnologiya suv turbinasi gʻildiragini aylantirish uchun sugʻorish bosimi suvidan foydalanadi. Tezlikni oʻzgartirish moslamasi orqali aylanish uchun gʻildirakni boshqaradi. Avtomatik ravishda harakat qilish uchun purkagichni tortadi. U qulay harakatlanish, oddiy operatsiya, mehnat va vaqtni tejash, sugʻorishning yuqori aniqligi, yaxshi suvni tejash effekti va kuchli moslashuvchanlik afzalliklariga ega.
Ushbu sugʻorish texnologiyasi suv tejovchi texnologiya yomgʻirlatib sugʻorish tipiga kiradigan Mobil sugʻorish tizimi hisoblanadi. Bu usulda anʼanaviy sugʻorishga nisbatan, 40-50 foizgacha suv iqtisod qilinadi.

Baraban mashinalarining asosiy afzalligi yuqori harakatchanlikdir. Shunday mashinalar katta maydonni sugʻorishni taʼminlaydi. Sugʻorish kengligi 100 metr va shlang uzunligi 400 metr, umumiy toʻrt gektar maydonni sugʻorish imkoniyati mavjud. Bitta mashina kuniga oʻnlab gektar maydonlarni sugʻoradi. Katta maydonlarda bir vaqtning oʻzida bir nechta purkagichlardan foydalaniladi. Bu oʻz navbatida, katta maydonlarni tez va samarali sugʻorish imkonini beradi.
Maʼlumot uchun: Bugungi kungacha klaster va fermer xoʻjaliklarining yomgʻirlatib sugʻorish tipiga kiradigan – Mobil sugʻorish tizimiga boʻlgan qiziqishlari natijasida bank kreditlari hisobidan Kegeyli, Qoraoʻzak, Taxtakoʻpir, Boʻzatov, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qonlikoʻl, Moʻynoq va Amudaryo tumanlarida jami 20 ta yomgʻirlatib sugʻorish tipiga kiradigan – Mobil sugʻorish mashinasi olib kelinib sugʻorishda qoʻllana boshlandi. Yana 11 dona ana shunday gʻaltakli purkagichli sugʻorish mashinalari olib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring