Qoraqalpogʻistonda maktabgacha yoshdagi bolalar oʻrtasida velomarafon oʻtkazildi
Bugun Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi, YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Velosport federatsiyasi bilan birgalikda 6 yoshli bolalar oʻrtasida IV velomarafon oʻtkazildi.
Taʼkidlash joizki, bolalar va oʻsmirlarni ekologik, jismoniy tarbiya va sportga ommaviy jalb qilish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining doimiy eʼtiborida boʻlib kelmoqda.
2021-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ekologik taʼlim-tarbiyani hamda bolalar uchun begovel haydash metodikasini joriy etish boʻyicha loyiha ishga tushirildi, bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik taʼlim va begovel haydash texnikasi boʻyicha bilimlarini oshirish imkonini berdi.
1-loyiha: 2021-yil 1-iyun kuni Toshkent shahridagi markaziy ekobogʻda birinchi bolalar velomarafoni boʻlib oʻtdi, unda 13 ta pilot davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 400 ta begovel bilan taʼmindi.
2-loyiha: 2022-yilda 31-may kuni Samarqand shahrida loyiha doirasida 20 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tanlab olinib, ularga 500 ta begovel taqdim etildi.
3-loyiha: 2023-yilning 31-may kuni loyiha doirasida Xiva shahridagi 18 ta pilot davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 500 ta begovellar bilan taʼminlandi.
4-loyiha: Loyihaning navbatdagi toʻrtinchi bosqichi, yaʼni 2023-yilning 23-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida rejalashtirilib, Nukus shahridagi 20 ta pilot davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 400 ta begovellar bilan taʼminlandi.
Umumiy hisobda 4 ta loyiha doirasida jami 1 800 ta begovel Toshkent shahar, Samarqand shahar, Xiva shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taqdim etilgan boʻlib, ushbu loyiha doirasida bosqichma-bosqich keyingi yillarda hududlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ham begovellar taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror koʻnikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar oʻrtasida velosportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga oʻrgatishdan iboratdir.
Velomarafonda ishtirok etgan bolalar esdalik medallari, sovgʻalar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun koʻngilochar dastur tashkil etilib, turli tanlov va oʻyinlarda ishtirok etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring