Qoraqalpogʻistonda chigit ekish boshlandi

13:14 20 Mart 2025 Jamiyat
2967 0

Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanida joriy yilgi chigit ekish mavsumi boshlanishiga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar oʻtkazildi. Unda sohaga masʼul tashkilotlar, paxta klasterlari korxonalari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev qatnashib, soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan eʼtibor, berilgan imkoniyatlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻistonni har tomonlama rivojlantirishga doir qaror va farmonlar qabul qilinib, shu asosda oldin boʻlmagan yangi imkoniyatlar va imtiyozlar yaratib berilayotganini taʼkidladi.

Oʻtgan qisqa davrda Qoraqalpogʻistonga qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan koʻplab texnika va agregatlar olib kelinib, bu, oʻz navbatida, sohani rivojlantirishga alohida surʼat bagʻishladi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar chigit ekish mavsumini sifatli oʻtkazish, dehqon va fermerlar eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan muhim vazifalar boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shu tariqa nuroniy otalar duosi bilan dalaga chigit ekish boshlandi. Joriy yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 100 ming gektar maydonga chigit ekilishi rejalashtirilgan. Mavsumni uyushqoqlik bilan olib borish maqsadida 243 ta otryad tashkil etilib, ularga 15 mingdan ortiq texnika va agregatlar biriktirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?