Qoraqalpogʻistonda Buxoro bugʻusi noqonuniy ravishda otib ketildi

Foto: Arxiv surat
Joriy yilning 23-fevral kuni soat 04:30lar chamasida Beruniy tumani “Biy bozor” OFY hududdagi Beruniy tumani Oʻrmon xoʻjaligiga yondosh hududida miltiqning otilgan ovozi haqida rezervat xodimlariga xabar kelib tushgan.
Atrofni koʻzdan kechirish jarayonida shu yerdagi ichki asfalt yoʻlida qon izlarini koʻradilar. Shuningdek, fermer xoʻjaligiga tegishli bugʻdoy dalasining yonidagi ariqda tuyoq izlarini ham aniqlashadi. Soat yettilar atrofida inspektorlar qon izlari bilan asfaltda 4 km va tuproq yoʻlda mototsikl izi bilan taxminan 2 km atrofida borishadi. Izlanish natijasida yuqorida koʻrsatilgan xodimlar soat 9:30 atrofida fermer xoʻjaligi dalasi yonidagi ariq ichida bir dona erkak Buxoro bugʻusining soʻyib olingan boshi, oyoqlari, terisi va ichki aʼzolarini aniqlashadi.
Holat boʻyicha Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va Beruniy tumani IIBga xabar qilindi. Rezervat xodimlari mototsikl izi bilan borib, iz borib toʻxtagan uyni aniqlashdi.
Ushbu uyda Beruniy tumani IIB tergov guruhi borib tekshirish olib borganda davlat raqami yoʻq “IJ” rusumli qizil rangli mototsikli turganligi va bu mototsikl ushbu xonadonda yashovchi 1993-yilda tugʻilgan A.Shga tegishli ekanligi aniqlandi. Mototsikl koʻzdan kechirilganda yaxshilab yuvilganligi, lekin bari bir baʼzi joylarida qon dogʻlari va hayvon junlari borligi aniqlandi. Tergov guruhi tomonidan oʻrganish davomida Sh.A haqiqatdan ham shu kuni bir bosh Buxoro bugʻusini otganini tan oldi hamda uyidan bir dona hujjatsiz ov miltigʻini va bir juft Buxoro bugʻusi shoxini olib chiqib berdi.
Voqea joyiga yetib kelgan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovchisi tomonidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi. Sh.A surishtirish davomida ushbu qonunbuzarlikni bir oʻzi emas, sherigi Beruniy tumani “Oltinsoy” OFYda istiqomat qiluvchi 1996-yilda tugʻilgan K.M bilan birga sodir etganligini tan oldi. M.K “Biybazar” OFY IIB tayanch punktiga olib kelib surishtiruv oʻtkazilganda Sh.A koʻrsatmalarini toʻligʻi bilan tasdiqlab, qilgan qonunbuzarligini tan oldi.
Ushbu holat boʻyicha Orol tabiatni muhofaza qilish qilish prokuraturasi tergovchisi tomonidan Sh.A va M.Kga nisbatan toʻplangan materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib, qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berilmoqda hamda hozirda tezkor oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring