Qoraqalpogʻistonda bogʻcha tarbiyalanuvchilari YTHga uchrashi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

18:05 19 Iyun 2024 Jamiyat
265 0

Foto: Videodan kadr

Avvalroq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida bogʻcha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotganNexia-3” mashinasi YTHga uchragani va ikki nafar voyaga yetmagan bola jabrlangani haqida xabar bergan edik. Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur yoʻl transporti oqibatida bogʻcha tarbiyalanuvchilari — 2018-yilda tugʻilgan Х.Ф. va 2021-yilda tugʻilgan Н.С. tan jarohati olib, shifoxonaga statsionar davolanishga yotqizilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, har ikkala jabralanganlarda oʻrta darajadagi jarohatlar aniqlanib, zarur tibbiy muolajalar koʻrsatilgan. YTHning qolgan ishtirokchilari toʻliq ambulator koʻrikdan oʻtkazilgan, ahvoli qoniqarli.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni qoʻriqlash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi doirasida yoʻl harakati qoidalariga rioya etmasdanNexia-3” avtomashinasida belgilanganidan ortiq yoʻlovchi tashigan С.Г.нинг hamdaGentrarusumli avtomashina haydovchisi У.Қ.нинг harakatlariga qonuniy baho berilishi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, Respublika prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorati oʻrnatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер