“Qorakoʻl”da 1 mlrd 200 mln soʻmlik loyihalar amalga oshiriladi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Ayni paytda Bagʻdod tumanidagi “Qorakoʻl” mahalla fuqarolar yigʻinida 5 ming 200 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahalladagi mingdan ortiq oila tomorqadan unumli foydalanib, yiliga oʻrtacha ikki-uch marta hosil olish orqali salmoqli daromadga ega boʻladi. Oilalar farovonligini taʼminlash maqsadida lider tadbirkorlar belgilanib, chorvachilik, mebelchilik, biogomus yetishtirish kabi yoʻnalishlarda mahalla ahlining tadbirkorligi rivojlanib bormoqda.
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida oʻtgan yili mahalladagi 40 ta oilaga 750 mln soʻm miqdorida imtiyozli kredit olib berildi. Oʻz navbatida, 4 nafar lider tadbirkorga faoliyatini yanada kengaytirish uchun 100 mln soʻmdan imtiyozli kredit berilishiga koʻmaklashildi.
“Mahalla bankiri” tamoyili asosida “Milliy bank”ning Qoʻqon filiali tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, yangi biznes-loyihalarni shakllantirish boʻyicha amaliy saʼy-harakatlarga kirishildi.
— Bu yil 1 mlrd 200 mln soʻmlik 40 ta loyihani roʻyobga chiqarish koʻzda tutilgan, — deydi “Qorakoʻl” MFYdagi hokim yordamchisi Yodgorali Abdulgʻoziyev. — Natijada yil yakuniga qadar hozirda kambagʻal oila reyestrida turgan 49 ta mahalladoshimizning ushbu roʻyxatdan chiqishi taʼminlanadi.
Aytish joiz, bugungi kunda mahalladagi lider tadbirkor Moʻminjon Tojimatov oʻz xonadonida va ijaraga yer olib, 140 bosh qoramol, 30 bosh ot parvarishlab kelmoqda. Bekmurod Abdurahmonov esa yashash uyi tomorqasida biogomus yetishtiradi. Bu oilalarning yillik daromadi oʻrtacha 80-150 mln soʻmni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring