Pokiston — Afgʻoniston chegarasida qonli toʻqnashuv: ikki tomon bir-birini katta yoʻqotishlarda ayblamoqda
Pokiston armiyasi yakshanbaga oʻtar kechasi Afgʻoniston bilan chegara hududida sodir boʻlgan ogʻir toʻqnashuvlar natijasida 200 nafar afgʻon harbiysi nobud boʻlganini maʼlum qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Pokiston ham 23 nafar askarini yoʻqotgan.
“Tolibon” pozitsiyalari, lagerlari, shtab-kvartallari va terrorchi tarmoqlariga katta zarar yetkazildi. Zarar taktik darajadan tortib, operatsiya miqyosidagi hududlarni qamrab olgan», — deyiladi Pokiston armiyasi bayonotida.
Shu bilan birga, Afgʻoniston hukumati bu maʼlumotni rad etib, aksincha, chegaradagi tungi harbiy operatsiya vaqtida 58 nafar pokistonlik askar yoʻq qilinganini bildirgan. Afgʻoniston tomonining taʼkidlashicha, operatsiya mamlakat hududi va havo makonining takroriy buzilishiga javob sifatida oʻtkazilgan.
Avvalroq Afgʻoniston Pokistonni poytaxt Qobul va mamlakat sharqidagi bozorni bombardimon qilganlikda ayblagan, ammo Pokiston bu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring