Qorakoʻl tuman mudofaa ishlari boʻlimi yangi binoda ish boshladi
Foto: Халқ сўзи
Buxoro viloyat harbiy-maʼmuriy sektori tashabbusi bilan Qorakoʻl tuman mudofaa ishlari boʻlimining qoʻsh qavatli zamonaviy binosi qurilib foydalanishga topshirildi.
Mazkur boʻlim jamoasi shu kunga qadar taʼmirtalab ahvoldagi, sharoitlari haminqadar boʻlgan binoda faoliyat yuritar edi. Tabiiyki, chaqiriluvchi yoshlar va boʻlimga murojaat bilan keladigan fuqarolar uchun ham shart-sharoitlar yetarli emasdi.
Uch milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflangan yangi binoda esa imkoniyatlar tamoman oʻzgacha: navbatchilik xonasi, boshqaruv punkti, arxiv, jismoniy va yuridik shaxslar qabulxonasi va boshqa xonalar zamonaviy axborot texnologiyalari, yangi mebellar bilan jihozlangan. Boʻlimning Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga otlangan yoshlarni harbiy sohaga tayyorlash, saralash, ulardagi vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash kabi vazifalarni ado etishi uchun zarur barcha qulayliklar yaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida mazkur binoni foydalanishga topshirish marosimi tantanaga aylandi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring