Qoʻqonda zamonaviy yondashuv asosida bozorlar raqamlashtirilmoqda
Bugungi yuksak texnologiyalar davrida raqamli transformatsiya jarayoni bozorlar faoliyatiga ham keng joriy etilayotgani eʼtiborga molik.
Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulhakim Eshmuratov Qoʻqon shahridagi Markaziy dehqon bozorida savdo rastalaridan foydalanish uchun haq toʻlash, bozorda koʻrsatilayotgan xizmatlar va boshqa toʻlovlarni raqamlashtirish, ochiq va shaffof tizim yaratish borasida erishilgan natijalar bilan tanishib, masʼullar bilan muloqotda boʻldi.
— Yaqinda davlatimiz rahbari raisligida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida oʻtkazilgan yigʻilishda bu borada ustuvor vazifalar belgilab berildi, — deydi Qoʻqon shahar Markaziy dehqon bozori menejeri Ilhom Usmonov. — Ayni jarayonda shahrimizdagi bozorlar hamda yirik savdo markazlarida raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bu yangilik samarasi birgina bizning bozor misolida ham yaqqol namoyon boʻlib, har bir jarayon qonuniy asosda tashkil etilishiga erishilyapti. Eng muhimi, bir oy ichida tushumlar miqdori sezilarli darajada oshdi.
Parlament masʼul qoʻmitalari hamda mahalliy Kengashlar deputatlari bilan hamkorlikda korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablarini oʻrganish va unga barham berish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan hamkorlik ijro intizomini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Aytish joiz, Qoʻqon shahridagi barcha bozorlarda bu boradagi ishlar koʻlamini oshirish maqsadida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida kunlik nazorat va monitoring ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyilgan.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring