Qoʻqonda xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik boshlandi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning sentyabr oyida Qoʻqon shahrida uchinchi marotaba xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Ayni kunlarda koʻhna kentda ushbu nufuzli anjumanga tayyorgarlik ishlari boshlandi.
Qoʻqon shahar hokimligi tomonidan bu borada tarixiy-madaniy obidalarni obodonlashtirish, turizm marshrutlarida koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan. Shaharning Oʻrda maydoni, markaziy koʻchalar va xiyobonlarida keng koʻlamli qurilish-bunyodkorlik ishlari ham olib boriladi.

— Xalqaro hunarmandlar festivali milliy qadriyatlarga xos anʼanalarimizni qaytarib berdi, — deydi qoʻqonlik mashhur hunarmand, yogʻoch oʻymakorligi ustasi Mirzoyunus Umarov. — Boisi soʻnggi yillarda mazkur sohaga qiziqqan yoshlar safi kengayib, yangi avlod vakillari ota-bobolardan meros hunarlarimizni oʻzgacha mehr bilan oʻrganmoqda.
Oʻz navbatida, festival davomida butun dunyodan sayyohlar, hunarmandlar kelayotgani tufayli milliy hunarmandchiligimiz keng targʻib etilyapti, ushbu yoʻnalishda hamkorlik aloqalari kengaydi va mahsulotlarimizni jahon bozoriga eksport qilish imkoniyatlari yaxshilandi.
Darhaqiqat, Qoʻqon shahrida 2019-yili ilk marotaba oʻtkazilgan festival olamshumul voqea boʻldi. Unda dunyoning qariyb 80 davlatidan mehmonlar keldi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Festival doirasida Qoʻqon shahriga “Jahon hunarmandlari shahri” maqomi berildi. 2023-yilda oʻtkazilgan festivalda esa ishtirokchi mamlakatlar va sayyohlar soni yanada ortdi. Shunga hamohang ravishda Rishton shahrida xalqaro kulolchilik forumi ham tashkil etildi.
— Shu kunlarda shogirdlarimiz bilan festivalga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordik, — deydi taniqli usta. — Bu gal yangicha yondashuvlar asosida eng sara mahsulotlarimizni yasab, namoyish etishni maqsad qilganmiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring