Qoʻqonda Ilk rivojlanish markazi foydalanishga topshirildi
Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14-iyulda qabul qilingan qarori asosida mamlakatimizda bosqichma-bosqich Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Fargʻona viloyatida bu borada Qoʻqon shahri, Quva va Yozyovon tumanida uchta ana shunday markaz tashkil etish koʻzda tutilgan.
Shu kunlarda Yozyovon tumani va Qoʻqon shahrida zamonaviy mezonlar boʻyicha barpo etilgan Ilk rivojlanish markazlari ish boshladi.
— Bugungi kunda shahrimizda 150 nafardan ziyod 2-7 yoshgacha boʻlgan bolalar alohida eʼtiborga muhtoj yoshlar toifasiga kiritilgan boʻlib, ushbu markaz birinchi navbatda shunday farzandlari boʻlgan oilalarga xizmat koʻrsatadi, — deydi Qoʻqon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Irodaxon Mirzayeva. — Bu yerda imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand va alohida eʼtiborga muhtoj bolalarga taʼlimning ilk bosqichi saboqlari beriladi.

Yangi markazda xonalar bolalarning yosh xususiyatlariga mos rivojlantiruvchi muhitga ragʻbat tarzida jihozlandi. Shu tariqa malakali ustozlar “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga kirishdi.
Shuningdek, markazda rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar ham taʼlim oladi va davolanadi. “Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” tizimi orqali esa pedagoglar alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning xonadoniga borgan holda taʼlim-tarbiya jarayoni bilan shugʻullanadi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring