Qoʻqon va Fargʻonada besh yulduzli mehmonxona quriladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati hokimligida Turkiyaning “Eser Hotels” premium mehmonxonalar tarmogʻi rahbari Ertan Xaldun boshchiligidagi turk tadbirkorlari delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Fargʻona viloyati hokimi boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Turkiyaga amaliy tashrifi davomida bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishilgani taʼkidlandi. Bugungi muloqot bu boradagi kelishuvlarning amaliy samarasi ekani qayd etilib, Qoʻqon va Fargʻona shaharlarida “Eser Hotels” brendi ostida besh yulduzli mehmonxona bunyod etish loyihasi ijrosi koʻrib chiqildi.
— Ikki kunlik oʻrganish mobaynida Fargʻona viloyatining iqtisodiy va turizm salohiyati bizda katta taassurot qoldirdi, — deydi Ertan Xaldun. — Dastlabki bosqichda Qoʻqon shahrida qurilishi rejalashtirilgan mehmonxona konsepsiyasi tayyor boʻladi. Loyihani tez fursatda amalga oshirish uchun investitsiya kiritishga tayyormiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring