Qoʻqon shahrida ommaviy tartibsizlik boʻlgani yoʻq — Fargʻona IIB
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi yil bayramini nishonlash vaqtida Qoʻqon shahrida ommaviy tartibsizlik roʻy bergani toʻgʻrisidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 2025-yilning 31-dekabr kuni soat 23:55da Qoʻqon shahar A.Charxiy koʻchasida “Yangi yil” bayramini nishonlash maqsadida yoʻlning qatnov qismida shu yerda yashovchi fuqarolar chiqishib, “mushakbozlik” uyushtirmoqchi boʻlishgan.
Shundan soʻng, oʻz vaqtida koʻrilgan chora tadbirlar natijasida jamoat tartibi, harakat xavfsizligi taʼminlangan va huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“Tarqalgan xabarlardagi kabi avtomashina yoqib yuborilgani holati sodir boʻlmagan va bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Fuqarolardan asossiz xabarlar ortidan nooʻrin xulosaga bormasliklarini soʻraymiz”, — deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring