Qoʻqon shahri Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deya eʼlon qilindi
Ayni kunlarda Qoʻqon shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Turizm masalalari boʻyicha vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha Ishchi guruhning XV yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
“Xalq soʻzi” muxbiri Botir OMONning xabar berishicha, Bosh vaziri oʻrinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov oʻz nutqida Oʻzbekiston tomoni Qoʻqon shahri nomzodini ilgari surgan va ishtirokchilardan mazkur shaharni Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti sifatida eʼlon qilish tashabbusini qoʻllab quvvatlashingizni soʻragan.
Taklif barcha tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va Qoʻqon shahri Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deya eʼlon qilindi.
Shundan soʻng Qoʻqon shahri hokimi Maʼrufjon Usmonovga ramziy kalit topshirildi.
Shuningdek, bugun tadbir doirasida oʻzbek sanʼati yulduzlari ishtirokida konsert dasturi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring