Qoʻqon haqida kitob yaratilmoqda
Foto: "Xalq so'zi"
Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bagʻishlab Qoʻqon haqida kitob yaratilmoqda.
Tayyorlanadigan kitob-albom shaharning paydo boʻlishi va bugungi tarixi, shaharning mashhur shaxslari, shahar iqtisodiyoti, taʼlimi, sogʻliqni saqlash, istirohat –bogʻlari, muzey va bozorlar, Qoʻqonning adabiy muhiti hamda Qoʻqon futbolining rivojlanishi mufassal bayon etiladi.
Buyuk ipak yoʻlining koʻhna Qoʻqon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi alohida bob orqali bayon qilinadi. Kitob albom tarzida joriy yil avgust oyigacha oʻzbek, rus va ingliz tillarida 5 ming nusxada chop etilishi rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda Qoʻqon Davlat pedagogika institutining Tarix fanlari professor- oʻqituvchilari bu borada ilmiy ish olib borishmoqda.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan xalqaro festivalga qadar Qoʻqon shahridagi barcha tarixiy obidalar va ularga olib boradigan marshrutlar Google xaritalariga kiritiladi. Bu esa xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari va undan keyin ham sayyohlarning Google geolokatsiya dasturi yordamida manziliga osonlik bilan yetib borishiga xizmat qiladi. Internetdagi eng nufuzli maʼlumot manbai - jahon ensiklopediyasi Wikipediaʼda ham Qoʻqon shahri hunarmandchiligi, tarixiy obidalariga doir muhim va qiziqarli maʼlumotlar ham joylashtiriladi.
Elyorjon EHSONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring