Qonun ipoteka krediti bozorida xarajatlarni kamaytirish va vaqtni tejash imkonini beradi
Foto:Haqberdi Asqarov /«Xalq so‘zi»
Senatning ikkinchi yalpi majlisida “Ipoteka krediti bozori yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Mazkur Qonun bilan “Ipoteka to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali garov shartnomasi va garov xati bo‘yicha huquqlarni rasmiylashtirish, ularni ro‘yxatga olish va uchinchi shaxslarga berish jarayonlarini takomillashtirilmoqda.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan garov xatini rasmiylashtirish paytida tomonlarning ishtirok etishi, shuningdek ariza beruvchilarning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (kadastr) to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi talab qilinadi. Bu esa beriladigan garov xatlari soni ko‘paygan hollarda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shu bois garov xatini onlayn tartibda yoki davlat xizmatlari markazlariga borish orqali rasmiylashtirish belgilanib, elektron garov xatining konsepsiyasi joriy etilmoqda. Bu, o‘z navbatida, xarajatlarni kamaytirish va vaqtni tejash imkonini beradi.
Bundan tashqari, Qonunda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan o‘z kapitali miqdoridan ortiq qiymatda obligatsiyalar chiqarish orqali kapital bozoridan yanada ko‘proq mablag‘larni jalb etish mexanizmini joriy qilish ham nazarda tutilmoqda.
Senatorlar tomonidan Qonun ipoteka bo‘yicha garov xatlari aylanishini yanada rivojlantirishga, aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga, ipoteka kreditini berishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto:Haqberdi Asqarov /«Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring