Qonun bilan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi yanada takomillashtirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning yalpi majlisida “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, qonun ustuvorligi va qilmish uchun jazo muqarrarligini ta’minlash tamoyili asosida qonunchiligimiz takomillashtirilib, bu borada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Buning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 yanvardagi “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ni PF–11-sonli Farmoni bilan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini ta’minlash, iqtisodiy jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish sohasida qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Prezident Farmoni bilan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga berilgan vazifalar va vakolatlar Qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining zimmasiga byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarining profilaktikasini ta’minlash, iqtisodiy jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘liq va xolisona tergov qilish sohasida qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda.
O‘z navbatida, Qonun bilan Jinoyat-prosessual kodeksi va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga Departamentning jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni yuritish borasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, Qonunga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Byudjet kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati organlarining vakolatlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining zimmasiga yuklatilmoqda.
Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi sohada qonuniylikni, qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanilishini ta’minlashga, shuningdek, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.




Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring