Qoʻngʻirotda 2,2 ming litr dizel talon-toroj qilinishining oldi olindi

Foto: Prokuratura departamenti
Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumanida 2 222 litr dizel yonilgʻisi talon-toroj qilinishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Unga koʻra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoʻngʻirot tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
“T.N.B.” MChJning Qoʻngʻirot filiali sex mudiri Z.M. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, oʻzining moddiy javobgarligida boʻlgan 2 222 litr dizel yonilgʻisini hech qanday hujjatsiz filialga tegishli yoqilgʻi tashuvchi avtomashinasida “K.Sh.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasiga oʻtkazish maqsadida olib kelgan.
Biroq shu vaqtda ular DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlangan, 2 222 litr dizel yonilgʻisi esa ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring