Toshkentda “InnoWeek–2025” — innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligi oʻz ishini boshladi
Foto: Davronbek Ernazarov, Alixan Utarbekov/“Xalq soʻzi”
Kecha, 9-oktyabr kuni poytaxtimizdagi “CAEx Uzbekistan” xalqaro koʻrgazmalar markazida “InnoWeek–2025” — innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligi oʻz ishini boshladi.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda dunyoning 30 ga yaqin davlatidan vakillar ishtirok etmoqda.
“InnoWeek–2025” — innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligining tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, yirik ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizim ishtirokchilari, yosh innovatorlar va ixtirochilar ishtirok etdi.
Mazkur haftalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring