“Qizil kitob”ga kiritilgan lochinlar 280 millionga pullandi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining tezkor tuzilmalari tomonidan davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan lochinlarni pullashga uringan shaxslar toʻxtatib qolindi.
Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “KAMAZ” yuk mashinasi “Sirdaryo” chegara bojxona postida toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi. Salondagi sport sumkasiga 8 bosh lochinlar yashirilganligi fosh boʻldi. Aniqlanishicha, qushlarga shafqatsizlarcha munosabatda boʻlingan, jonzotlar sumkaga ularning hayoti uchun xavfli tarzda zichlab joylashtirilgan.
Tezkor tadbir Sirdaryo tumanida ham davom ettirilib, ushbu qushlarni sotib olayotgan shaxs ham qoʻlga olindi. Mazkur holatda ushlab qolingan 8 bosh lochinlar Oʻzbekistonning 2019-yilda chop etilgan Qizil kitobiga kiritilgan va tabiatan kamyob hisoblanadi hamda ularni ovlash taqiqlangan. Lochinlarning 6 tasi Qizil kitobga “Itolgʻi” nomi bilan kiritilgan boʻlib, ular tobora yoʻqolib borayotgan tur hisoblanadi.
Surishtiruvlar davomida maʼlum boʻlishicha, qonunbuzarlar ushbu qushlarni 280 million soʻmga pullamoqchi boʻlgan. Hozirda lochinlar Toshkent hayvonot bogʻiga vaqtincha saqlovga topshirildi va mutaxassislarning doimiy nazorati ostida parvarishlanmoqda.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring