“Qiyomat kuni” soati millari oldinga surildi
Global tahdidlar darajasini ifodalovchi “Qiyomat kuni” soati millari “yadroviy tun” boshlanishiga 89 soniya (23:58:31) qolganini koʻrsatmoqda. Yangilangan soat taqdimoti 28-yanvar kuni tashkilotning “Bulletin of the Atomic Scientists” jurnali tomonidan efirga uzatildi.
Amerika jurnali ushbu soat orqali 1947-yildan buyon har yili yadroviy xavfsizlik, iqlim oʻzgarishlari, texnologiyalar taraqqiyoti va biologik tahdidlar bilan bogʻliq xatarlardan ogohlantirib keladi. Soat millarini oʻzgartirish qarorini jurnalning direktorlar kengashi, yetakchi olimlar va tahlilchilar qabul qiladi.
“Dunyo butun insoniyatga tahdid solayotgan ekzistensial xavf-xatarlarga qarshi kurashda yetarlicha taraqqiyotga erishmagan. Shuning uchun biz soatni oldinga suryapmiz”, dedi jurnalning fan va xavfsizlik kengashi raisi Deniyel Xols.
Uning taʼkidlashicha, soat millarini oldinga surish ogohlantirish signali sifatida koʻrilishi kerak, chunki sayyora allaqachon yadroviy mojaroga yaqinlashib qolgan. Ayni damda soat “yadroviy tun”ga tarixdagi eng yaqin koʻrsatkichda turibdi.
Soat millari dastavval 23:53 da oʻrnatilgan boʻlib, ular koʻrsatgan eng bexavotir nuqta (23:43) sovuq urush tugaganidan soʻng, 1991-yilda qayd etilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring