Qishloqda tayyorlangan mahsulot shahar doʻkonlarida sotilmoqda
Sulaymon Turdiyev — Vobkent tumanidagi “Panob” mahallasining qatʼiyatli insonlaridan. Bunday deyishimizning boisi bor. U yoshligidanoq qishloqqa kichik sanoatni olib kirish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishni niyat qilgandi.
— Oʻtgan yillar davomida turdosh korxonalarda ishlab, oyoq kiyimlari tayyorlash yoʻnalishi borasida muayyan tajriba toʻpladim, — deydi u. — Bozordagi talabni oʻrgandim. Qishloqda ham raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qildim. Keyin esa amaliy ishga kirishdim.

Sulaymon Turdiyev rahbarligida Yangi hayot qishlogʻida ish boshlagan “Taraqqiyot shoys” korxonasi xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Biznes loyihani toʻliq amalga oshirish uchun jami 2 milliard 340 million soʻm miqdorida mablagʻ sarflandi. Bu sarmoyaning salmoqli qismini moliyaviy muassasa tomonidan ajratilgan kredit tashkil etdi. Korxonada 10 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Ular saʼy-harakati bilan yiliga 12 ming dona poyabzal tayyorlash koʻzda tutilgan. “Taraqqiyot shoys” tamgʻasi tushirilgan mahsulotlarni ayni damda yurtimiz shaharlari savdo doʻkonlari peshtaxtalarida koʻrish mumkin.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring