Qishloq xoʻjaligidan sanoatgacha...
Andijon viloyatida hudud iqtisodiyotini yuksaltirish va mahalliy xomashyolardan samarali foydalanishga xizmat qiluvchi yana bir ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. “TAVEGDAS” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan zamonaviy zavod qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan boʻlib, “Green Apple” brendi ostida meva quritish, jem va sok konsentratlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.
— Joriy yilning toʻqqiz oyi davomida Andijon viloyatida 496 ming 256 tonna meva va rezavorlar yetishtirildi, — deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Rustamjon Eshonov. — Bu holat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga boʻlgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. “Green Apple” korxonasining faoliyat boshlashi ana shu ehtiyojni qondirish, mahsulotlar qiymatini oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Loyiha qiymati 7 million AQSH dollarini tashkil etgan ushbu korxona ishga tushirilishi natijasida 150 nafar fuqaro doimiy ish oʻrni bilan taʼminlandi. Yangi zavod faoliyati mahalliy xomashyo asosida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Saminjon HUSANOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring