Qishloq xoʻjaligi vazirligining MIBdan qarzdor ekani rad etildi
Foto: MIB / Andijon
Bugun, 4-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Majburiy ijro byurosi elektron bazasida 90 million soʻm qarzi boʻlgan Qishloq xoʻjaligi vazirligi BMTning yordam pulidan qiymati salkam 700 million soʻmlik “KIA Carnival” mashinasini sotib oldi» sarlavhasi ostida xabarlar tarqatildi. MIB matbuot kotibi Farrux Toshpoʻlatov “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, xabarda undiruvchi vazirlik, qarzdor sifatida notoʻgʻri talqin qilingan.
Unga koʻra, Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon tuman sudining joriy yilning 29-iyulidagi ijro varaqasiga asosan, fuqaro Sh.Yu. tomonidan jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti Andijon viloyati hududiy filialining “Agrobank” Andijon viloyat boshqarmasi hududiy filialidagi depozit hisob raqamiga topshirilgan 85 308 217 soʻm pullar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishi belgilangan.
“Bundan koʻrinib turibdiki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qarzdor emas, undiruvchi sifatida ijro hujjatida nomi koʻrsatib oʻtilgan”, deydi Farrux Toshpoʻlatov.
MIB matbuot kotibi shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz va har tomonlama oʻrganilmagan xabarlarni tarqatmaslikni, bunday holatlar tegishli tartibda javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring