Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari soni Respublika boʻyicha jami 350 mingtadan ortdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Inspeksiyaning “Texnikalar hisobi” va “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari Yagona interaktiv davlat xizmati portali (my.gov.uz)ga integratsiya qilindi. Bu haqda “Oʻzagroinspeksiya”ning Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan maʼlum qilindi.
Natijada, jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobdan chiqarish va texnikalar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish, shuningdek, traktorchi-mashinist guvohnomasi olish uchun Davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda talab etiladigan hujjatlarni qisqartirish maqsadida, texnikalar oldi-sotdi qilinganda, sovgʻa yoki meros qilib qoldirilganda notarial idoralar tomonidan tuziladigan shartnomalar va chetdan olib kirilgan texnikalarga beriladigan bojxona yuk dekoratsiyalarini yuridik va jismoniy shaxslardan talab etilmasdan, ushbu hujjatlarni Inspeksiya tomonidan Adliya vazirligining “Notarius” va Bojxona qoʻmitasining tegishli axborot tizimlaridan integratsiya yoʻli bilan elektron olish yoʻlga qoʻyildi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalarining texnik koʻrikdan oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron yuritish maqsadida “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilib, 2023 yil 1 iyulidan ishga tushirildi.
Inspeksiya tomonidan beriladigan texnik pasport, texnik guvohnoma hamda traktorchi-mashinist guvohnomalarini QR kodlash joriy etildi.
Buning natijasida QR kod yordamida texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn rejimda aniqlash imkoniyati yaratildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 1 maydan boshlab qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini harakatlanuvchi (maxsus avtotransport) mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalangan holda majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish amaliyotini joriy etildi.
Ushbu xizmatni amalga oshirish uchun Respublika boʻyicha jami 28 ta harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalari tashkil etildi.
Buning natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati asosida ularga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini turgan joyiga borib texnik koʻrikdan oʻtkazish imkoniyati yaratildi.
2023 yil 1 avgustdan boshlab qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl- qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkilotlarida xaridorlarga sotilgan yangi texnikalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar bilan birga “Oʻzagroinspeksiya”da roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan “Hisob-maʼlumotnoma” berish amaliyoti joriy etildi.
Buning natijasida, yangi sotib olingan texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun mulk egasi tomonidan shartnoma va hisob-fakturalarni taqdim etish talabi bekor qilindi.
Inspeksiya tomonidan “Hisob-maʼlumotnoma” blankalari maxsus himoyalangan qogʻozda tayyorlanib, Respublikadagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl- qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi hamda maxsus savdo tashkilotlariga bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq “Hisob-maʼlumotnoma” blankalari bepul tarqatildi.
Bugungi kunga kelib, davlat roʻyxatiga olingan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari soni Respublika boʻyicha jami 350 mingdan ortdi.
Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida yangi 8 ming 756 ta qishloq xoʻjaligi texnikalari va 3 ming 415 ta melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring