Qilichbozlik sport turi boʻyicha Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Zuhriddin Qodirov “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida oʻtkazilayotgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan sablyachilarimiz Toshkentga qaytib keldi.
Sportchilar Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Tadbirning ikkinchi qismi Milliy olimpiya qoʻmitasida oʻtkazildi. Unda soha mutasaddilari, sportchilarimiz va ularning yaqinlari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Tadbirda qilichbozlarimizning jahon chempionatida erishgan gʻalabalari yana bir bor taʼkidlandi. Murosasiz janglarga boy boʻlgan musobaqada “Tokio — 2020” Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan eng yosh atletimiz, jahon kubogi gʻolibi Zaynab Dayibekova bronza, Zuhriddin Qodirov esa oltin medal sohibi boʻldi.
Zuhriddin Qodirovni “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov oʻqib eshittirdi va mukofotni oʻz egasiga tantanali ravishda topshirdi.
Sportchilarimizni ushbu musobaqaga yuqori darajada tayyorlagan murabbiylar ham esdan chiqarilgani yoʻq. Terma jamoamiz murabbiyi Vladimir Nazlimov hamda Yorqin Yoʻldoshev sportchilarimiz qatori moddiy ragʻbatlantirildi.
Reglamentga koʻra, endilikda yosh rapira va shpaga ustalari jahon chempionligi uchun bahs olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring