Qashqadaryodagi “zapravka”da yirik yongʻin yuz berdi

Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yirik yongʻin sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 16-iyul soat 14:40 da viloyat FVBga Koʻkdala tumani “Oltindala” MFYda joylashgan AGQSH hududida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 14:45 da yetib borib, 15:00 da alangani oʻrab olgan va oradan 35 daqiqa oʻtib yongʻinni oʻchirishga erishgan.
Voqea joyiga viloyat FVB va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring