Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuziladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Viloyatdagi oʻzgarishlarni koʻrib, odamlar bilan gaplashib, islohotlarimiz ularning hayotiga shiddat bilan kirib borayotganiga yana bir bor amin boʻldim. Oldinlari bitta viloyatdagi oʻzgarishlar bilan tanishishga bir kun yetardi. Shu kunlarga yetib keldik, hozir bitta tumanga bir hafta ham kam”, dedi davlatimiz rahbari.
Sakkiz yil avval viloyat sanoatining yarmidan koʻpi neft-gaz va kimyo tarmogʻi korxonalariga toʻgʻri kelgani, oʻtgan davrda elektrotexnika, qurilish materiallari, toʻqimachilik, mebelchilik sohalarida katta sakrash boʻlib, hozirda bu tarmoqlarning sanoatdagi ulushi 54 foizni tashkil etayotgani taʼkidlandi.
Lekin qilingan ishlar bilan cheklanmasdan, yanada yuqori surʼat bilan ishlash lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Prezidentimiz joriy hafta boshida hokimlarga yuqoridan topshiriq kutmasdan, oʻzi tashabbus qilib, proaktiv ishlashga oʻtish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab berganini eslatdi. Qashqadaryoda hali ishga solinmagan kamida 15 milliard dollarlik salohiyat bor. Bu imkoniyatlarning kamida uchdan biri loyihaga aylantirilsa, viloyatning yalpi hududiy mahsulotini kelgusi besh yilda bemalol 10 milliard dollardan oshirish mumkinligi taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuzilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring