Qashqadaryoda uch kunlik chaqalogʻini sotmoqchi boʻlgan ayol qamaldi

11:13 02 Aprel 2025 Jamiyat
80 0

Qashqadaryo viloyatida uch kunlik chaqalogʻini 60 million soʻmga sotmoqchi boʻlgan ayolga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Lavhada maʼlum qilinishicha, Qamashi tumanida yashovchi ayol oʻzining qiz chaqalogʻini Qarshi shahrida yashovchi ikki nafar ayolga sotishga kelishgan. Buning evaziga u 60 mln soʻm talab qilgan.

Ayol 50 mln soʻm va 800 dollarni olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olingan.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Muborak tumani sudi hukmi bilan u 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Chaqaloq esa Kitob tumanidagi viloyat bolalar uyiga topshirilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер