Qashqadaryoda sport bayrami boʻlib oʻtdi (foto)

15:43 06 Dekabr 2020 Jamiyat
2010 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy–sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov yordamida Qashqadaryoda katta sport bayramlari tashkil etildi.

Suzish

5-dekabr kuni Qarshi shahrida sportning suzish turi buyicha 2006-2007, 2008-yillarda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar oʻrtasida Viloyat xokimi kubogi musobakasi oʻtkazildi. Mazkur musobaka 8-13-dekabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan respublika chempionatiga saralash musobakasi xisoblanadi. Tabdirda Viloyatning Kasbi, Kitob, Koson tumanlari va Qarshi shahar sportchilari ishtirok etdi. Eʼtiborlisi shuki mazkur musobakada nafakat suzish bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan sportchilar balki viloyat yoshlari xam ishtirok etishdi. Jami musobakada 90 nafar ishtirokchi suzish sport turining 50,100 metr erkin usul, 50,100 metr chalkancha, 50,100 metr brass, 50,100 metr batterflyay va 200 metr kompleks dasturlarida baxs olib borishdi.

Sportchilarni takdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya koʻmitasi raisining oʻrinbosari Tashmatov Sherzod Rixsibayevich ishtirok etib, qoʻmita tomonidan taqdim etilgan sovgʻalarni gʻolib va sovrindorlarga topshirdi.

Voleybol

Gʻuzor tumanida 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining sport zalida sportning voleybol turi boʻyicha xotin qizlar oʻrtasida tumandagi umumtaʼlim maktablari oʻrtasida “Gʻoʻzor hokimi sovrini uchun” musobaqa oʻtkazildi. Ushbu musobaqada 35 umumtaʼlim maktablaridan jami 260 nafar xotin qizlar ishtirok etishdilar.

Musobaqa yakunida 1-oʻrinni 10-maktab jamoasi, 2-oʻrinni 56-maktab jamoasi hamda 3-oʻrinlarni 22, 23-maktab jamoalari qoʻlga kiritishdi.

Taekvondo WT

Gʻuzor tumanida Bolalar, oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida sport maktabining zalida Taekvondo WT turi boʻyicha 8-10, 11-13, 14-17 va 18-30 yosh toifalarida “Gʻuzor tumani hokimi sovrini uchun” tuman musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada jami 358 nafar ishtirokchilar qatnashishdi. Shundan sportchilarning 25 nafari 1-oʻrinni, 25 nafari 2-oʻrinni va 50 nafari 3-oʻrinni egallashdi.

Mini futbol

2-dekabr kuni Gʻuzor tumanida 2006-2008-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha “Gʻuzor hokimi sovrini uchun” hududiy bosqich oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Shahar markazi oʻyini tumandagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktadida oʻtkazidi unda 1,14,6,34,53,74-umumiy oʻrta tʼlim maktablar ishtirok etib 53-umumiy oʻrta taʼlim maktabi tuman bosqichiga yoʻllanma olidi. Avgʻonbogʻ hududida 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazildi unda 4,13,16,20,49-umumtaʼlim maktablari ishtirok etib 4-umumtaʼlim maktabi tuman bosqichiga yoʻllanma odi. Qavchin hududida 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazilib 8,45,44,61-umumtaʼlim maktablari ishtirok etib 61-umumtaʼlim maktabi tuman bosqichiga yoʻllanma odi. Batosh hududida 54-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazildi unda 21,23,51,54,71-umumtaʼlim maktablari ishtirok etib 54-umumtaʼlim maktabi tuman bosqichiga yoʻllanma odi. Tengdosh hududida 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazilib 9,26,5,56-umumtaʼlim maktablari ishtirok etib 9-umumtaʼlim maktabi tuman bosqichiga yoʻllanma odi.

Velomarofon

5-dekabr kuni Koson tuman Mustaqillik shoh koʻchasida tuman xokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi bilan homkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi 2019-yil 19-mart kuni oʻtkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sport, sanʼat, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha beshta muhim tashabbusni amalga oshirishi toʻgʻrisida”gi ygʻilish bayoni va 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng taatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida sportning velomarofon turidan 18-30 yoshdagi mahalla oʻrtasida musobaqasi oʻtkazildi. Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan mazkur musobaqada 110 nafarga yaqin mahalla yoshlari ishtirok etdi. Musobakada ishtirokchilar gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashdilar.

Marafon

5-dekabr kuni Koson tuman Mustaqillik shoh koʻchasida tuman xokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi bilan hamkorlikda sportning marofon turidan 18-30 yoshdagi mahalla oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi. Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan mazkur musobaqada 500 nafarga yaqin mahalla yoshlari ishtirok etdi. Musobakada ishtirokchilar gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashdilar.

Futbol (Koson tumani)
 

5-dekabr kuni futbol boʻyicha 18-30 yoshdagi mahalla yoshlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Hokim kubogi!”gi final musobaqasi oʻtkazildi. Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan mazkur musobaqada tumanning Navroʻz, Mugʻjagul, mahalla jamoalaridani 30 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Musobakada jamoalar gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashdilar. Final musobaqasida Mugʻjagul mahalla jamoalari birinchi oʻrini qoʻlga kiritdi. Musobaqa gʻoliblari tashkilotchilar va Milliy Olimpiya qoʻmitsi tomonidan ham diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan munosib taqdirlandilar

Musobaqa gʻoliblari tashkilotchilar va Milliy Olimpiya qoʻmitsi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan munosib taqdirlandilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?