Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi
Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga tushdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.
Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.
Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib bergan.
Firibgar esa yana 1,5 million soʻm talab qilib, ushbu pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Avvalroq Fargʻona viloyatida bank masʼullari va hokim yordamchilarining qingʻir ishlari fosh boʻlgani haqida xabar qilgan edik. Unda “Xalq banki”ning Oʻzbekiston bank xizmatlari markazida ishlovchi mahalla bankiri mazkur markaz boshqaruvchisi oʻrinbosari bilan oʻzaro til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 million soʻm kredit ajratib berish evaziga 10 million soʻm talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring