Fargʻonada mahalla bankirlarining qingʻir ishlari fosh boʻldi

Foto: DXX
Fargʻona viloyatida bank masʼullari va hokim yordamchilarining qingʻir ishlari fosh boʻldi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Qayd etilishicha, “Xalq banki”ning Oʻzbekiston bank xizmatlari markazida ishlovchi mahalla bankiri mazkur markaz boshqaruvchisi oʻrinbosari bilan oʻzaro til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 mln soʻm kredit ajratib berish evaziga 10 mln soʻm talab qiladi.
DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mahalla bankiri soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u kredit ajratib berish uchun muqaddam 600 ming soʻm, bank boshqaruvchisi oʻrinbosari esa 920 ming soʻm olgani aniqlangan.
Shuningdek, “Xalq banki” Oʻzbekiston BXM mansabdor shaxslari, Oʻzbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi 2 nafar hokim yordamchisi va ulgurji savdoga ixtisoslashgan MCHJ rahbari soxta hujjatlar asosida boshqa fuqarolar nomiga 153 mln soʻm miqdorida maqsadsiz kredit ajratilishiga erishib, ularni naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari ham maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlanishicha, BXM boshqaruvchisi oʻrinbosari 2000 va 2015-yillarda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan sudlangan boʻlsada, oʻz xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring