Qashqadaryoda yirik ekologiya forumi boʻlib oʻtdi
Qarshi shahrida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Ekologiya va sogʻlom turmush tarzi oiladan boshlanadi” shiori ostida ayollar ekoforumi boʻlib oʻtdi.
Forumda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 250 nafardan ortiq ekofaol xotin-qizlar, Oʻzbekiston Ekologik partiyasining “Yosh ekologlar” qanoti va “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi aʼzolari, shuningdek, viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

— Forumning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat, — deydi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi mutaxassisi Sojida Allayorova. — Shu maqsadda tadbir dasturidan ekologik madaniyatni oshirish va sogʻlom hayot tarzini ragʻbatlantirishga qaratilgan qator loyihalar oʻrin oldi.
Forum “Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostidagi piyoda yurish marafoni bilan boshlandi. Shundan soʻng ishtirokchilar Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida oʻtkazilgan koʻchat ekish aksiyasida qatnashdilar.

Shuningdek, forum doirasida “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida velomarafon, voleybol, tennis, shaxmat va shashka musobaqalari, yosh rassomlar ijodiy ishlari koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.
Tadbir yakunida mehmonlar viloyatdagi diqqatga sazovor tarixiy maskanlar bilan tanishdilar.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring