Qashqadaryoda bir qator tadbirkorlar Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan ayblanmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Qashqadaryo viloyatida noqonuniy tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni ushlagan. Bu haqda Departamentning xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirishkor tumani boʻlimi tomonidan Qarshi shahridagi “Xontepa” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsni qoʻlga kiritdi.
Qayd etilishicha, I.N. “L.E.” MCHJga qarashli savdo doʻkonida turli nomdagi jami 2 ming 052 quti umumiy bahosi 70 million soʻmlik tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bundan tashqari, Departamentning Gʻuzor tuman boʻlimi, IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida “Xoʻjaguzar” MFY hududidagi savdo doʻkonida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.S. noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, 42 turdagi 1030 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol va 16 turdagi 1804 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring