Qashqadaryoda ayol 14 yoshli qizni 7 oy jinsiy qullikda saqlagani aniqlandi
Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol 7,5-yilga qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida yashovchi ayol Н.А. oʻzining uyida voyaga yetmagan Ч.Т. ni 7 oy davomida majburan saqlab kelgan. U ushbu davr mobaynida zoʻrlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan.
Bolalar ombudsmani soʻroviga koʻra, Bosh prokuratura mazkur holatni nazoratga olgan boʻlib, viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan tergov guruhi jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergovni olib borgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz tuman sudida voyaga yetmagan (2009-yilda tugʻilgan qiz) ga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Joriy yil 8-aprel kuni sud ishni har tomonlama, xolisona oʻrgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchilarni aybli deb topdi.
Jumladan, sudlanuvchi Н.А. (ayol) JKning 135-moddasi 3-qismining «a,g» bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sudlanuvchilar А.Ф. (erkak) va Ш.У. (erkak) JKning 118-moddasi 3-qismining «a» bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining «a,g» bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.
Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan boʻlib, Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida mazkur shikoyatlarni koʻrib chiqdi va birinchi instansiya sudi hukmini oʻzgarishsiz qoldirdi.
«Taʼkidlash joizki, bu toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm boʻyicha mahkumlarga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qoʻllanilmaydi va jazo toʻliq oʻtaladi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi Ч.Т. ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur boʻlgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik koʻmak koʻrsatilmoqda», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring