Qashqadaryoda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda isteʼmolga yaroqsiz alkogolli ichimliklarni muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Yangibogʻ” MFYda yashovchi Н.Я. oʻz uyida yashirin sex tashkil qilib, qoʻlbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 1 215 dona qalbaki aksiz marka, 242 dona alkogol, 140 litr spirt, 250 dona “QR kod” markirovka, 1 000 dona boʻsh shisha idish, qadoqlash uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring