Qashqadaryoda 2 ta paxta toʻqimachilik klasteri asossiz daromad olgani aniqlandi

12:05 05 Sentyabr 2024 Jamiyat
206 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qashqadaryoda 2 ta paxta toʻqimachilik klasteri tomonidan 3 milliard soʻmdan ortiq asossiz daromad olinganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qoʻmita tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyilishi va birja savdolarida narxlarni sunʼiy oshishini oldini olish boʻyicha nazorat oʻrnatilgan.

Monitoring kuzatuvlari davomida Qashqadaryo viloyatida “Chiroqchi-klaster” MCHJ va “Kitob ip yigiruv” AJlar tomonidan quyidagi qonun buzilishi holatlari aniqlangan:

  • umumiy 8 ming 310 tonna mahsulotni birja savdolariga chiqarmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotilgan;
  • jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga mahsulot qoʻyilmagan yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq boʻlmagan hajmda qoʻyilgan;
  • mahsulotlar boʻyicha jadvallarni belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirilmagan;
  • birja savdolarini oʻtkazish chogʻida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar.

Yuqoridagilarga koʻra, korxonalar jami 3,2 mlrd soʻm asossiz daromad olgani maʼlum boʻlgan.

Mazkur holatlar boʻyicha klasterlarga nisbatan qoʻmita tomonidan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatilgan. Ortiqcha olingan mablagʻni ixtiyoriy ravishda qaytarish va qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?