Qarshidagi basseynda 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida halok boʻldi

02:51 14 Avgust 2024 Jamiyat
301 0

Foto: Videodan kadr

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi suv havzasida 18 yoshli yigit tok urishi oqibatda vafot etdi. Bu haqda “Markaziy studiya” koʻrsatuvida xabar berildi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 12 avgust kuni tushdan keyin yuz bergan. 2006-yilda tugʻilgan, asli kosonlik yigit uzoq vaqt davom etgan choʻmilishdan soʻng suvdan chiqib kelgan va tanasi nam holda telefon quvvatlagich rozetka ustiga oyogʻini qoʻygan. Oqibatda uni tok urib yerga yiqilgan.

Voqea sodir boʻlganidan soʻng marhumning yaqinlari tez tibbiy yordam boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan. Unga qadar esa bemor yigitga manzilda boʻlib turgan shifokorlar yordam koʻrsatgan. Biroq u berilgan yordamlarga qaramasdan, shifoxonaga olib borilguniga qadar vafot etgan.

Ayni paytda holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Qashqadaryo viloyati IIB masʼullari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Suzish havzasi faoliyati esa vaqtincha toʻxtatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?